“Ko‘cha” ustidan surishtiruvga nima bo‘ldi?

Описание к видео “Ko‘cha” ustidan surishtiruvga nima bo‘ldi?

“Зики эски шаҳар” лақаби билан танилган Лутфулла Умаров 6 йилу 2 ой қамоққа ҳукм қилинди.
Ўзбекистонда “Долзарб қирқ кунлик” номи берилган оммавий ҳибсга олишлардан 5 ой вақт ўтиб, айни рейдлар доирасида ҳибсга олинган яна бир жиноий авторитет қамоққа ташланди.
Бу ҳақда расман хабар қилингани йўқ, аммо Умаровнинг ҳибсга олингани ҳақида Тошкент ИИББ ўтган йил 25 декабрида хабар берган эди.
Жиноят ишлари бўйича Шайҳонтохур туман судида ўтган маҳкамани кузатган фаолларга кўра, Умаров гиёҳванд ва психотроп моддаларни тайёрлаш, сақлаш ва сотишда айбдор топилган.
52 яшар Умаров “Бахти Ташкентский”, “Саидазиз медгородок”, “Бохо завхоз” лақабли бошқа йирик криминал авторитетлар билан бир вақтда ҳибсга олинганди.

🔴Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉 https://t.me/ozodlikkanali
🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 https://t.me/ozodnews

“Ziki eski shahar” laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarov 6 yilu 2 oy qamoqqa hukm qilindi.
O‘zbekistonda “Dolzarb qirq kunlik” nomi berilgan ommaviy hibsga olishlardan 5 oy vaqt o‘tib, ayni reydlar doirasida hibsga olingan yana bir jinoiy avtoritet qamoqqa tashlandi.
Bu haqda rasman xabar qilingani yo‘q, ammo Umarovning hibsga olingani haqida Toshkent IIBB o‘tgan yil 25-dekabrida xabar bergan edi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayhontoxur tuman sudida o‘tgan mahkamani kuzatgan faollarga ko‘ra, Umarov giyohvand va psixotrop moddalarni tayyorlash, saqlash va sotishda aybdor topilgan.
52 yashar Umarov “Baxti Tashkentskiy”, “Saidaziz medgorodok”, “Boxo zavxoz” laqabli boshqa yirik kriminal avtoritetlar bilan bir vaqtda hibsga olingandi.

#ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #uzbek

Комментарии

Информация по комментариям в разработке